AQSh Senati Ozbekistonga yangi elchini tasdiqladi AQSh Senati - TopicsExpress



          

AQSh Senati Ozbekistonga yangi elchini tasdiqladi AQSh Senati Pamela Spratlen nomzodini Qoshma Shtatlarning Ozbekistondagi elchisi lavozimiga tasdiqlagan. Spratlen xonim 2011 yildan buyon Qoshma Shtatlarning Qirgizistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Payshanba kuni Senat shuningdek, Amerikaning Toshkentdagi joriy elchisi Jorj Krol nomzodini Qozogistondagi elchilik lavozimiga tasdiqlagan. Senatning Tashqi aloqalar qomitasi Prezident Obama Ozbekistondagi elchilikka tavsiya qilgan Pamela Spratlen nomzodini shu yilning 18 sentyabr kuni tasdiqlagan edi. AQSh matbuotining yozishicha, Senatning respublikachilar nazoratiga otishi siyosatchi emas, balki diplomat bolgan nomzodlarning tasdiqlanish jarayonini tezlashtirgan. Qirgiziston matbuoti 60 yoshli Spratlen xonimni shu oy boshida Rossiya bilan aloqalarga doir bayonoti uchun tanqid qilgan. AQSh elchisi Qirgizistonning Rossiya bilan kuchayib borayotgan aloqalari mamlakatdagi demokratiyani xavf ostiga qoyishini aytgan edi. Amerika elchilari Kengashining veb sahifasida chop etilgan maqolasida Spratlen xonim Qirgiziston Rossiyaning bosimi ostida AQSh harbiylarini mamlakatdan chiqarib yuborgani, Rossiya etakchiligidagi Ovrosiyo Ittifoqiga azo bolayotgani hamda Ukrainadagi voqealar yuzasidan Rossiyaning ohangini qabul qilgani haqida yozgan. Qirgiziston va Rossiya matbuoti AQSh elchisini sovuq urush ohangini qayta jonlantirishda ayblagan. bbc.in/1xJZlW3
Posted on: Fri, 21 Nov 2014 16:23:38 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015