FUTBOL, OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI 2013, FINAL, DASTLABKI UCHRASHUV, - TopicsExpress



          

FUTBOL, OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI 2013, FINAL, DASTLABKI UCHRASHUV, FC SEOUL 2-2 GUANGZHOU EVERGRANDE, ozbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan va Janubiy Koreyada bolib otgan ilk uchrashuv durang hisobi bilan yakunlandi. Ammo safarda kiritgan ikkita topi 9 noyabr kungi Xitoyda bolib otajak javob uchrashuvi oldidan Guangzhouga katta ustunlik berdi. Agar, har ikki uchrashuv natijasiga muvofiq, Guangzhou galaba qozongudek bolsa, qariyb chorak asr deganda Osiyo Chempionlar Kubogi Xitoyga qaytadi. Osiyo Chempionlari chempioni esa, klublar ortasidagi jahon chempionatida Osiyo Futbol Konfederatsiyasini namoyon etadi. Janubiy Koreyaning Ulsan Hyundai jamoasi 2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi golibi bolgan. Hozircha ozbekistonlik biror bir jamoaga bu kabi sharaf nasib etmagan. Bunyodkor va Pakhtakor ikki bor ushbu turnirning yarim finaliga chiqishga muvaffaq bolishgan.
Posted on: Sat, 26 Oct 2013 23:38:11 +0000

Recently Viewed Topics




© 2015