Hammaga yaxshi dam olishni tilab, illuziyalarga aldanib - TopicsExpress



          

Hammaga yaxshi dam olishni tilab, illuziyalarga aldanib qolmaslikni istab qolaman! Odatda realist inson ko’rgan narsalarimga ishonaman deb ta’kidlaydi lekin biz ko’rish qobilyatimizga ishonishimiz kerakmikin? Illuziya bu miyamizning xatoligimi? Men illuziya bor , quyidagi rasmlarga qarang deb aytmayman, balkim eng mashxur savolni beraman, nimaga? nimaga miyamiz xatolik qiladi ? Bilamizki, biz dunyodagi barcha axborotlarni 5 ta hissiyotimiz orqali qabul qilamiz, shulardan biri bu ko’zimiz. Ko’zimizning idrok qilishi orqali biz unday xatoliklarga yo’l qo’yamiz. Aslida, biz ko’zimiz deb miyamizning orqasida joylashgan “ko’z”ni nazarda tutamiz. Optikal illuziya esa miyamizning haqiqatda nima borligini ko’ra olmaslik oqibatida kelib chiqadi. Ko’zimizga nur kirayotganida miyamiz oldingi xotiralari orqali yoki ortiqcha stimul natijasida o’z qarashlariga bog’lab ma’lumotni noto’g’ri qabul qiladi va aynan shu yerda ko’rish qobilyatimizning nomukkammal ekanligini tushunib yetamiz. Parallel bo’lgan chiziqlar noparallel bo’lib ko’rinadi, aslida jismonan qimirlamay turgan chiziqlar harakatga keladi, bir xil rangdagi narsalar turli rangda toblanadi, uzoqda turgan buyum yaqinga o’xshaydi, va fokus-mokusniklarning tryuklari qurboni ham bo’lamiz . Miyamiz uchun normal bo’lgan narsa hayotda boshqacha bo’lganiga guvoh bo’lamiz. Shunday bo’lishiga qaramasdan biz o’z hislarimizga ishonaveramiz axir ular bizning aslida kimligimizni va qanday dunyoga qarashligimizni ko’rsatib beradi.
Posted on: Sun, 23 Jun 2013 05:35:06 +0000

Trending Topics



in-left:0px; min-height:30px;"> Banking and Financial Terms: MONEY MARKET : Money Market is a
2006 Topps Baseball Card # 639 Prince Fielder (RC) Rookie Card -
At the weekend the hedge cutting was finally completed. The area
Fridays Saints: Xenia, Deaconess of Rome Our righteous

Recently Viewed Topics




© 2015