“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligining - TopicsExpress



          

“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligining yopilish marosimi. 2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimiga mehmonlar, homiylar, tadbirlarni o‘tkazishda bevosita ishtirok etgan barcha hamkorlar, ya’ni elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, foydalanuvchilar tashrif buyurdilar. Haftalikning yopilish marosimiga o‘zbek estrada xonandalarining chiqishlari o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Konsert dasturidan so‘ng tadbirning tantanali qismiga navbat berildi. Marosimda so‘zga chiqqan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va yoshlarda o‘zlariga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda topish va ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, badiy adabiyotlarni o‘qishga qiziqishni kuchaytirish yo‘lida bajarilgan ishlarni ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Haftalik davomida erishilgan natijalar sarhisob etildi va OAV vakillariga “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasidagi tadbirlarni axborot vositalarida keng yoritishda begran ko‘magi uchun minnatdorchilik xatlari tonshirildi. Tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi va bosh sovrini planshet bo‘lgan “Omading kuldi!” lotereyasi o‘ynaldi. Bugun 27-31 oktyabr kunlari davom etgan III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini yakunladi. Bizni kitoblar va qiziqarli tadbirlar, uchrashuvlar bahonasida yagona oshyonga yig‘gan 5 kun nihoyasiga yetdi. Ishonamiz-ki, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mazkur tadbirdan avval yoshlarda o‘zlariga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda topish va umum-siyosiy, ilmiy-marifiy, badiy adabiyotlarni o‘qishga qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan maqsadlariga erishdi. Chunki haftalik doirasida 65 dan ortiq turli mavzularda konferensiya, seminarlar, davra suhbatlari, ekskursiyalar, mahorat-maktablari, ijodiy uchrashuvlar, turli aksiyalar, foto-rasmli ko‘rgazmalar, tanlovlar kabi tadbirlar o‘tkazildi. Haftalik davomida azo bo‘lganlar soni - 563 kishini tashkil etdi. O‘zbekiston Milliy axborot-kutubxona haftaligida tashriflar soni (jami) - 26 814 kishini. Jumladan: Haftalik davomida o‘tkazilgan ekskursiyalar soni - 60 tashkilot 1009 kishi Mehmon bileti - 5 067 kishi Tadbirlarda ishtirok etdi - 4 471 kishi O‘qish zallari, kitob berish kafedrasi, malumot-axborot xizmati - 16 267 kishi Haftalik ishida “O‘zbekiston”, “Uzdavkitobsavdo taminoti”, “CHo‘lpon”, “O‘qituvchi”, “G‘.G‘ulom”, “KitoBooKniga”, “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” kabi nashriyotlar yangi adabiyotlar yarmarkasini tashkil qildi. BMT ning YUNISEF, Taraqqiyot dasturi, Amerika, Koreya, Ozorbayjon, Isroil elchixonalari, Britaniya kengashi, Toshkentdagi Gete instituti va boshqa ko‘plab halqaro tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan tadbirlar juda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik, O‘zbekiston xalq artistlari Nasiba Abdullayeva va Farrux Zokirovlar bilan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvlar eng ko‘p tashrif buyuruvchilar soni bilan ajraldi. Biz homiylarimiz: E-Line press, “BePro” dasturchilar markaziga, MCHJ “Shidasp” va hamkorlarimiz O‘zbekiston Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligida hamkorlikda ishlagan: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, BMT ning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar talimi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga, Lomonosov nomidagi MGU filialiga, Respublika baynalmilal madaniyat markaziga, O‘zbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shuning bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini yakunladi.
Posted on: Mon, 03 Nov 2014 05:18:24 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015