Kim Chen In haqidagi film tahdidlarga qaramay namoyish - TopicsExpress



          

Kim Chen In haqidagi film tahdidlarga qaramay namoyish etiladi bbc.in/1Ed1ihE Amerikaning Sony Pictures kinoshirkati 25 dekabrdan boshlab bahsli Intervyu filmini cheklangan miqdorda katta ekranlarga chiqarishini bildirgan. Bundan oldin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga yolg‘ondakam suiqasd aks etgan kinokomediya bois Sony Pictures shirkati kiber hujumga tutilgan edi. OQ Uy ushbu hujum orqasida aynan Shimoliy Koreya hukumati turganiga ishonadi. Shimoliy Koreya hukumati kiber hujumga aloqasini rad etsada, filmni qattiq qoralagan va xakerlar hujumini olqishlagan. Terakt tahdidi orqasidan film namoyishi qoldirilganini tanqid qilgan AQSh Prezidenti shirkatning oxirgi qarorini ma‘qullagan. Sony Picturesga ko‘ra, film 25 dekabrda 200 dan ortiq kinoteatrlarda ko‘rsatiladi. Bundan oldin intervyu filmi uch mingdan ortiq kinoteatrlarda ko‘rsatilishi mo‘ljallangandi. Film tufayli shirkat rahbariyatining shaxsiy yozishmalari oshkor qilingan. So‘ngra ma‘lum bo‘lishicha, xakerlar shirkatning hozirgi va sobiq xodimlarining minglab shaxsiy ma‘lumotlarini o‘g‘irlaganlar, hali namoyish etilmagan filmlarning stsenariylari internetda paydo bo‘lgan. Intervyuning shirkatga millionlab zarar keltirishidan tashqari, kompyuter xavfsizligi choralarini kuchaytirish kerakligini ko‘rsatgan. Sonyning Intervyuni namoyish qilishga qarori haqida film rejissyori va asosiy rol ijrochisi Sey Rogen Ozodlik g‘alaba qozondi! Sony mag‘lub bo‘lmadi!, deb yozgan Twitterda. Film syujetiga binoan, ikki amerikalik jurnalist Kim Chen Indan intervyu olishga ruxsat olishadi. Bundan xabar topgan Markaziy Josuslik Xizmati jurnalistlarni shimoliy Koreya rahbariga suiqasd qilishga yollaydi. O‘tgan hafta dam olish kunlari va dushanbada Shimoliy Koreya internet tizimi ishdan chiqqan. Biroq buning aynan nimaga bog‘liqligi aniq emas. Rasmiy Pxenyan vaziyatni izohlamagan. Xitoy bunga aloqasi borligini rad qilgan. Mutaxassislar internet tizimidagi uzilishlarni Sony shirkatiga kiber hujumlarga qarshi AQShning javobi sifatida qaraldi. AQSh rasmiylari bu borada izoh berishni istamaganlar. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Wed, 24 Dec 2014 12:24:13 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015