Najosat Chop etish uchun E-mailga yuborish - Najaslar necha - TopicsExpress



          

Najosat Chop etish uchun E-mailga yuborish - Najaslar necha toifaga bo’linadi? - Ikki toifaga. Biri – og’ir najaslar (najosati g’aliza), ikkinchisi – yengil najaslar (najosati xafifa) toifalaridir. Yengil najaslarga qarchig’ay, lochin kabi go’shti harom parrandalarning tezagi; ot, ho’kiz, qo’y kabi hayvonlarning siydigi kiradi. Og’ir najaslarga odamzot axlati va siydigi; go’shti halol hayvonlarning tezagi; go’shti harom hayvonlarning tezagi va siydigi; tezagi badbo’y bo’lgan parrandalar tezagi; qusuq, yiring, aroq, cho’chqa go’shti; shariatga nomuvofiq so’yilgan hayvonlarning go’shti va qoni kiradi. - Tezagi badbo’y bo’lmagan qushlarning tezagi-chi? - Najas emas. - Sichqonning siydigi va tezagi-chi? - Suvga tushsa, og’ir emas, libosga tegsa, yengil najas hisoblanadi. - Baliq, burga qoni-chi? - Najasga kirmaydi. - O’lgan narsaning terisi, juni halolmi?- Cho’chqadan boshqa hayvonlarniki halol. Faqat u terilar oshlangan bo’lmog’i lozim. Shariatga muvofiq «Bismillah» deb so’yilgan bo’lsa, oshlanmasa ham, pokdir. - Cho’chqa terisi-chi? - Cho’chqa terisi tugul, butun badani najasdir. Hech bir amal bilan loaqal biror a’zosini ham tozalab bo’lmaydi. - Odam terisi-chi? - Inson muqaddas zotdir. Uning tani yoki terisini yemoq, saqlamoq gunoh.
Posted on: Thu, 21 Nov 2013 07:17:37 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015