Osuda tun soatlar chamasi 20:00, keng maydon , cheksiz okean - TopicsExpress



          

Osuda tun soatlar chamasi 20:00, keng maydon , cheksiz okean to`grisida parishon bo`lib turibman, Bu okean na Mayami sohillariga na Gavaya orollariga o`xshardi, O`zgacha olamlar kimsasiz kengliklar orasida shamollar ufurida qolib ketganman go`yo, To`grimdagi buyuk okean sovuq to`lqinlarni olib kelar qalblarni larzaga keltirib insonni o`zgacha holatga olib kelardi. Mayda mayday yog`ayotgan yomgir okeanga tomchilab har bir tomchisidan yangi okenalar hosil qilardi. Atrof muhit qanchalar bepayon , tuganmas kenglik o`zga olamalar harorati jo`sh urib turar , o`pkani mast qiluvchi yengil anvoyi gullar ifori kelib turadigan havo mayin shabbodalar tanamizni silab yana boshqa o`zga sukunat dunyolarga chorlar, atrofdan bokiralik yoshlik kelajakka ishonch buyuklik isi urib turardi. Hamon yomg`ir yog`ardi, shu bepayon orolda bir kichik uychaga amallab yetib keldim naqadar kichik lekin naqadar badbaht insonlardan yiroqdaman, qalbimda quvonch chunki bugun yomg`ir yog`moqda , har bir tomchisi dillarimizga yaxshilik urug`ini ko`karishi uchun yordam bermoqda. Yarim tunda oynachadan atrofni tomosha qilarkanman umuman eski dunyo hotiralarim yoddan chiqib faqat kelajakka bo`lgan yangi idealar kela boshlar, va boshqa his tuyg`ular jo`sh urib ketardi. Qani endi shu on sevgan insoni 5 daqiqaga bo`lsa ham yonimda bo`lib qolsa u bilan dardlashardik suhbatlashardik unga bo`lgan pok sevgimni yog`ayotgan shaffof yomg`irdak toza ekanligini isbotlab mehrini qozongan bo`lar edim. Afsus u hatto mani tanimidiyam. Chunki uni haqiqattan sevganim uchun unga aytmaganman, uni halovatini buzgim kemagan. Mayli shu taqdir ekan bir o`zim yaratganni buyuk kuchini his qilgan holda hayollarga burkanib o`zga bir olamda o`zga haroratlarda qolib ketarman…. Sal zerikdim Shu payt kulbada telvizor bor ekan uni yoqdim yoqsam Men haqimda film bo`layapti hayronman tunda o`zzga olamalarda kulbadan televizor ichida qanday yana boshqa filmlar kanallar bo`lishi mumkin? Film aynan men haqimda yani tug`ilishimdan to hozirgi davrimgacha videoga tushirilgan hujjatli film. Film boshlanarkan unda yoshlik davrlarimni ko`rdim qiziq paytlar hissiyotli onlar o`spirin payitlarim ko`chalarda mitti dostlarim bilan to`p tepib yurganlarim bollar bilan har qayoqqa brogan payitlarim maytapdagi ilk onlarim 1-sevgim ustozlar tanbehi, oilamdagi baland past payitlar kasal va quvnoq onlarim hammasi namoyish qilindi filmni ko`rib borar ekanman ko`zimdagi jiqqa jiqqa yosh to`kilar bir etim uvishar bir tomichilab yig`ladim, Yaratganni ishlariga tan bermay iloj yo`q ekan har bir voqea o`z dovriga to`g`ri kelar ekan , yoshlarim daryo bo`ldi ahir bular pok yoshlar , qalbning erituvchi yoshlar , ehh qani edni shu go`zal onlarim qaytib kelsa ayniqsa eng yoshlikdagi muhabbatli onlarim yozda shom kirishiga oz daqiqalar qolganda misoli dala kenglikda bepayon maydonga boqqan holda Maccofe ichib musaffo bulutlar uzra onai zamin mehriboni qalblarga ilk nurlarini taqdim etgan quyoshni botishini tomosha qilardim. Uyoqdan buyoqdan kenglikdan shamol badanni silardi. Naqadar muhabbatli onlar qarang yoshlikda Maccofe bilan quyoshni kuzatgan ekanman!!! Hayratlanarli…. Yoshligim endi qaytmaydi lekin Hudo hohlasa Bahorning birinchi kunida quyosh botishini maccofe bilan qarshi olaman yana usha maydonda, yolg`izlikda…. Ozgina bolsaham ramantika muhabbatga insoniylik odamgarchilikka moyilligi borlar bu gaplarim ortida NOYOB YASHIRINI, BUYUKLIKKA OSMONU FALAKKA olib chiqadigan mahfiy atamalar bor siz buni bir kun kelb tushunib yetasiz omad do`stim! Kimligizni hecham unutmay yashang! Biz buyuk yurt emas BUYUK OLAMLAR farzandimiz. Alloh taolo bergan bu olam Barchamizniki uni sevib his qilaylik! Samimiyat ila Jamshid! O`qiganlar ko`zingizdan nur ketmasin Ovmin!
Posted on: Sun, 30 Jun 2013 09:29:02 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015