XVIII asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini - TopicsExpress



          

XVIII asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar – Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pritsli ishlarida bu o’sha vaqtgacha misli ko’rinmagan yangi kimyoviy dunyo – gazlar olami namoyon bo’la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi. Blek, Kronshted, Bergman va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko’tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko’plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi. XVII va XVIII asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernts Stal (1659 – 1734) «Flogiston nazariyasi» deb ataladigan, mohiyatiga ko’ra dastlabki kimyoviy nazariyani o’rtaga tashladi. U o’z mazmuniga ko’ra xato bo’lib chiqqan bo’lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metallarni toblash (kaltsinatsiya) jarayonlarini yagon nuqtai nazardan bog’lab o’rganib, mazkur jarayonlar bo’yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo’ldi.
Posted on: Sat, 10 Aug 2013 06:47:15 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015