BBC mehmoni rassom Kanat Ibragimovga savol - TopicsExpress



          

BBC mehmoni rassom Kanat Ibragimovga savol bering! bbc.in/14dk3B2 Kanat Ibragimov o‘zini erkin ijodkor deb ataydi. Ayrimlar esa uni radikal rassom deb hisoblashadi. Kanat Ibragimov Qozoq hukumatining Janao‘zen zo‘ravonliklariga bog‘liq siyosatini mamlakat ichkarisida oshkora tanqid qilib chiqqan ikki ziyolidan biri bo‘lgan. U Qozoq banki BTAning Alem Art jamg‘armasidan homiylik mablag‘ini qaytarib berish talabiga norozilik sifatida erotik protest uyushtirgan, omma qarshisida o‘zining kalta ishtonini yechib, pulga muhtoj bank uni sotib mablag‘ini o‘ziga olsin, deb aytgan. Kanat Ibragimov 2014 yil boshida Qozog‘istonni tark etishga majbur bo‘lganini aytadi. 2014 yil sentyabrida Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining anjumani doirasida Zamonaviy O‘zbekistonning portret galereyasi tashkil etildi, bu portretlar mustabidlar va qurbonlar suratlari deb nomlandi. Portretlar muallifi Kanat Ibragimov shu tarzda qo‘shni O‘zbekistondagi siyosiy ta‘qiblar qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan. BBC mehmoni Kanat Ibragimovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki [email protected] elektron manzilimizga yo‘llang. BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi. Suhbatning radio versiyasini juma kungi Daraklar dasturida tinglay olasiz. Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz. Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz? Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
Posted on: Mon, 05 Jan 2015 14:44:45 +0000

Trending Topics



eft:0px; min-height:30px;"> OUT OF THE ASHES Friend, do not despair if you are now feeling
SCANDALOUS NEWS FIFA WORLD CUP 2014. HERE THE
Management Development Program (MDP) – FIFGROUP Management
iv>

Recently Viewed Topics




© 2015