Butun odamzodni jinoyatchilar to‘dasi deb ayblash va dunyoni - TopicsExpress



          

Butun odamzodni jinoyatchilar to‘dasi deb ayblash va dunyoni sassiq go‘ng uyumi deb haqorat qilish — insoniy odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzish edi. Buning oqibatida J.Joys atrofida juda katta janjal ko‘tariladi. ”Uliss” romani Angliya, Frantsiya va AQShda ta’qiqlanadi. Mashhur fantast yozuvchi Gerbert Uells Joysga yozgan maktubida shunday deydi: “Siz oddiy odamlardan yuz o‘girdingiz va o‘zingizni juda katta olyapsiz. Menimcha, bu boshi berk ko‘chadir”. R.Ollington degan adib “Uliss”ni “Odamzodga qarshi aytilgan yalmog‘izlarcha tuhmatdir” deb ataydi. Amerika adibi Edvard Dalberg “Uliss” romanining voqealari bir kecha-kunduzda bo‘lib o‘tishini nazarda tutib shunday deydi: “Uliss” — bu axlatxonalar bo‘ylab bir kecha-kunduz davom etgan sayohatdir.” davomi - ziyouz/index.php?option=com_content&task=view&id=8237&Itemid=378
Posted on: Mon, 17 Jun 2013 06:15:54 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015