“INFOLIB O`ZBEKISTON– 2014” III Milliy axborot-kutubxona - TopicsExpress



          

“INFOLIB O`ZBEKISTON– 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB – 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, yozuvchi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekistondagi BMTTD koordinatori Krista Pikatt va Toshkentdagi Gyote instituti direktori Yuliya Xanskelar so‘zga chiqib, o‘zbek kitobxonlarini navbatdagi haftalik bilan tabrikladilar hamda Milliy kutubxona rahbariyati va xodimlariga ilm ziyo tarqatishda barkamollik tiladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish ekanligini ta’kidladi. Shundan so‘ng respublikamizning yetakchi kitob chop etish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi “O‘zbekiston”, “G‘ofur G‘ulom”, “Kaleon”, “KitoBooKniga” nashriyot matbaa ijod uylari, “O‘zdavkitobsavdota’minoti”, “O‘zbekkino fondi” kabi tashkilotlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, yarmarkalar o‘z ishini boshladi. Ayni daqiqalarda anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida respublika axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari bilan taniqli kutubxonashunos, bibliograf, tarixchi va kitobshunos Ye.K. Betger xotirasiga bag‘ishlangan “Raqamli makon va zamonaviy axborot-kutubxona muhitidagi media kontent” mavzusida navbatdagi “Betgerxonlik o‘qishlari” o`z ishini boshladi. Har 30 daqiqada kutubxona bo‘ylab mavzuli sayohatlar, kutubxonaga a’zo bo‘layotgan yangi kutubxona foydalanuvchilari uchun lotereya o‘yini tashkil etildi.
Posted on: Tue, 28 Oct 2014 03:59:42 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015