Osmasi ochmasa qaro qoshidan, Romoli tushmasa aslo boshidan. - TopicsExpress



          

Osmasi ochmasa qaro qoshidan, Romoli tushmasa aslo boshidan. Namozni boshlagan toqqiz yoshidan, Muslima singlimga jannat tilayman. Otamning, onamning quvonchi unda, Akasin tergaydi namoz deb kunda. Ibodat qiladi uxlamay tunda, Muslima singlimga jannat tilayman. Akasin togdayin qalqon deb bilar, Onasin poyini jannat deb bilar. Tong saxar quyoshdan avvalroq turar, Muslima singlimga jannat tilayman. Quron oqib mening konglim yumshatar, Joynamoz tunda band, tongda boshatar. Shaytonni tinch qoymay, doim qaqshatar, Muslima singlimga jannat tilayman. Allohim yolvoray qiyomat kuni, Jahannam otidan asragin uni. Men faqat sorayman Ozingdan shuni, Muslima opamga jannat tilayman. Ozingdan ozga iloh yoq Alloh, Bandamiz kechirgin bisyordir gunoh. Oxirat kunida Ozing ber panoh, Muslima onamga jannat tilayman!
Posted on: Wed, 04 Dec 2013 10:33:49 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015