Dunyoning eng boy 1 foiz aholisi yer kurrasidagi barcha aholidan - TopicsExpress



          

Dunyoning eng boy 1 foiz aholisi yer kurrasidagi barcha aholidan badavlatroq bbc.in/1Csvu31 Dunyoning eng boy 1 foiz aholisi yaqinda yer kurrasidagi barcha aholidan ham badavlatroq bo‘ladi. Britaniyadagi Oxfam xayriya tashkiloti o‘tkazgan o‘z tadqiqoti asosida ana shunday to‘xtamga kelgan. Oxfam tadqiqotida aniqlanishicha, jahondagi eng badavlat bir foiz odamlar ixtiyorida bo‘lgan boylik 2009 yilda 44 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 48 foizga ko‘tarilgan. Agar shunday vaziyat davom etadigan bo‘lsa, bir foiz boylar 2016 yilga borib dunyoning jami boyligining 50 foizidan ko‘prog‘i egasi bo‘ladilar. Oxfam tashkiloti tadqiqoti natijalarining e‘lon qilinishi 2015 yilgi Davos Jahon Iqtisodiy forumi boshlangan paytga to‘g‘ri kelgan. Har yili o‘tkaziladigan Davos forumi dunyoning iqtisodiy muammolarini muhokama qilish maqsadida uyushtiriladi, bu forum butun dunyodan siyosatchilar va biznesmenlarni jalb qiladi. Bu yilgi Davos forumi raisdoshlaridan biri Oxfam xayriya tashkilotining ijrochi direktori Vinni Biyaniymadir. Davos forumi oldidan e‘lon qilgan bayonotida Biyaniyma xonim ushbu tadbirda Oxfam tashkilotining xalqaro obro‘sidan foydalanib ishtirokchilarga murojaat qilmoqchi ekanini, bu murojaatida dunyoda boylar bilan kambag‘allar o‘rtasida yuzaga kelayotgan farqni kamaytirishga chaqirmoqchi ekanini aytgan. Xayriya tashkiloti dunyo hukumatlarini odamlar o‘rtasida tenglik yaratish choralarini ko‘rishga chaqirgan, o‘zining yetti banddan iborat rejasini taklif qilgan. O‘tgan yilgi Davos forumi payti ham Oxfam bayonoti shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Oxfamga ko‘ra, 2014 yil boshida jahonning 85 nafar eng boy odami ixtiyoridagi boylik yer yuzidagi 50 foiz kambag‘al aholi yoki 3 milliard 500 million kishi boyligiga teng bo‘lgan. Xayriya tashkiloti bu yil 80 ta badavlat kishi dunyo holisining yarmi boyligiga egalik qilmoqda, demoqda. Oxfam yangi hisobotiga ko‘ra, dunyoning 1 foizdan qolgan boyligini esa, ya‘ni 52 foiz boylikni jahonning eng boy 20 foiz aholisi nazorat qilmoqda. Tadqiqot AQSh Prezidenti Barak Obamaning o‘rta tabaqa vakillariga yordam berish uchun boylarga nisbatan soliqlarni oshirishni talab qilmoqchi ekani xabar qilingan Amerika xalqiga murojaatidan bir kun oldin e‘lon qilingan. Oktyabr oyida Credit Suisse bank shirkatining chiqargan hisobotiga binoan, atigi 1 foiz boylar Yer yuzidagi barcha boylikka egalik qiladilar. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Mon, 19 Jan 2015 15:31:01 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015